Piskentda smart köçatxonalar majmui foydalanişga topşirildi
2026-10-29 09:50:00 / Yangiliklar

Zamonaviy köçatxonalarni foydalanişga topşiriş tadbirida Örmon agentligi direktor örinbosari Ğolibjon Qurbonov, Janubiy Koreya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Von Do Yon, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abduşukur Hamzayev, Ekologiya qömitasi va Örmon agentligi mas’ullari, KOICA kompaniyasi ekspertlari, Piskent tuman hokimligi mutasaddilari, viloyatdagi hududiy davlat örmon xöjaliklari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Tadbirni Örmon agentligi direktor örinbosari Ğolibjon Qurbonov kiriş sözi bilan oçib, keyingi yillarda mamlakatimizda Davlat rahbarining bevosita taşabbusi bilan yangi örmonlar barpo etiş, yaşil hududlarni yanada kengaytiriş borasida e’tirofli işlar amalga oşirilayotganligini alohida ta’kidladi.
"Ta’kidlaş joizki, yaqinda Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida bir yilda millionlab sifatli köçatlat yetiştiriş imkoniyatiga ega bölgan zamonaviy köçatçilik markazi iş boşladi. Joriy yilda Andijonda ham umumiy maydoni 5 yarim gektar bölgan aqlli köçatxonalar majmui barpo etildi. Mazkur köçatxonalar “Yaşil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi, – dedi Ğolibjon Qurbonov. – Bugun Toşkent viloyatining Piskent tumanida foydalanişga topşirilayotgan uşbu aqlli köçatxonalar ham ana şu xayrli taşabbuslarning uzviy davomidir. Mazkur zamonaviy köçatxona barpo etilişini bevosita qöllab-quvvatlagan Janubiy Koreya respublikasi hukumatiga, KOICA kompaniyasiga hamda uni amalga oşirişga jonbozlik körsatgan barça hamkorlarimizga Örmon agentligi nomidan samimiy minnatdorçilik bildiramiz”.
Tadbir davomida bu yerda bunyod etilgan aqlli köçatxonalar majmuining ramziy esdalik toşi tantanali tarzda oçildi. Mehmonlar majmua hududiga esdalik uçun daraxtlarini ekişdi. Şundan söng, iştirokçilar köçatxona faoliyati va infratuzilmasi bilan yaqindan tanişişdi.
Aytiş joizki, KOICA kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan uşbu loyiha 2024–2028 yillarga möljallangan bölib, uning umumiy qiymati 7,7 mln AQŞ dollarini taşkil etadi.
Toşkent köçatçilikka ixtisoslaşgan davlat örmon xöjaligining Döngqörğon bölimida barpo etilgan mazkur köçatxonada 14 ta smart issiqxona mavjud. Uning umumiy maydoni 7 gektardan iborat. Issiqxonalar iqlimga mos sifatli köçatlar yetiştirişga möljallangan avtomatlaştirilgan içki muhitni doimiy monitoring qiliş uskunalari bilan jihozlangan.
Smart texnologiyalar asosida köçat yetiştiriş örmon xöjaligini rivojlantiriş, köçat yetiştiriş samaradorligini oşiriş hamda iqlim özgarişlariga moslaşiş çora-tadbirlarini amalga oşirişda alohida ahamiyat kasb etadi. Loyiha doirasida mahalliy iqlimga mos köçatlar yetiştiriş, ularni payvand qiliş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş böyiça öquv-seminarlar taşkil etilmoqda.
Şuningdek, loyihaning amalga oşirilişi örmon xöjaligida mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş, yangi iş örinlarini yaratiş hamda turli xil daraxt va buta turlarini köpaytiriş imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Uşbu zamonaviy köçatxona katta hajmdagi daraxt va buta köçatlarini yetiştiriş, örmon xöjaliklariga sifatli köçatlar yetkazib beriş, respublika hududlarida yangi yaşil hududlar taşkil etiş, örmonlar barpo etiş va qayta tiklaş hamda qurğoqçil hududlarda çöllanişning oldini olişga xizmat qiladi.
Koreyalik mutaxassislarning ta’kidlaşiça, zamonaviy usullarda köçatlar yetiştiriladigan uşbu smart issiqxonalar bir qança afzalliklarga ega.
Asosiysi, bu yerda ilğor texnologik uskunalar yordamida suv sezilarli darajada tejaladi. Nihollar yerda emas, maxsus tuvaklarda yetiştirilişi hisobiga örtaça bir yil içida ekiş uçun tayyor böladi. Avtomatik boşqaruv hisobiga qöl mehnati kamayadi. Barça jarayonlar maxsus dastur kömagida amalga oşiriladi va natijada köçatlarning sifatli rivojlanişiga erişiladi.
Eng muhimi, bunday şaroitda maxsus konteynerlarda yetiştirilgan köçatlarni toğli hududlarga yetkaziş va ekiş ança oson. Bu jihatlar ham, öz navbatida, xarajatlarning kamayişiga xizmat qiladi.
Ma’lumot örnida, Örmon agentligi tasarrufidagi örmon xöjaliklari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida örmonçilik va kökalamzorlaştiriş işlari uçun 1 100 tonna daraxt va buta uruğlari jamğarildi. 1 035 gektar maydonda mahalliy tuproq-iqlim şaroitlariga mos 101,6 million tup nihol va köçatlar parvariş qilinmoqda.
Bunday keng kölamdagi işlarning natijasi köçatlarni töğri tanlaş, sifatli yetiştiriş va ekilgandan keyingi parvarişni ta’minlaşga bevosita boğliq. Piskentda barpo etilgan uşbu aqlli köçatxonada joriy etilgan texnologiyalar suvdan samarali foydalaniş, köçatlarni boşqariladigan muhitda yetiştiriş va ularning sifatini oşiriş imkonini beradi.
Endilikda bunday ilğor tajribalarni boşqa örmon xöjaliklariga ham joriy etiş maqsad qilingan.









