Örmonçi-murabbiylar va profilaktika inspektorlar hamkorligi yölga qöyiladi
2026-10-27 16:20:00 / Yangiliklar

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Örmon agentligi direktor örinbosari Ğolibjon Qurbonov hamda Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği Abduvohid Ismoilov iştirokida tadbir bölib ötdi.
Tadbirda tuman va şaharlar IIB profilaktika inspektorlari, örmonçi-murabbiylar hamda soha mas’ullari iştirok etdi.
Tadbir davomida “Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda örmonçi-murabbiylar va profilaktika inspektorlari örtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş hamda köçat yetiştiriş istagida bölgan aholi vakillari örtasida tuşuntiriş işlarini keng yölga qöyiş kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Şundan söng, iştirokçilar Ğuzor tumanida yangi barpo etilgan zamonaviy köçatçilik markazida bölib, uşbu majmuada yaratilgan şart-şaroitlar yaqindan tanişişdi.
Muhokamalar davomida mahallalarda köçat yetiştirişni kengaytiriş, aholi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda loyiha ijrosini samarali bajariş lozimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirda şartnoma asosida köçatçilik faoliyatini yölga qöygan fuqarolar bilan özaro suhbat ötkazildi. Ularning sohadagi tajribasi, bilim va könikmalari hamda amalga oşirgan işlari tahlil qilinib, kerakli körsatma va tavsiyalar berildi.




