Surxondaryoda o'rmon xo'jaligi faoliyati o'rganildi
2026-10-19 14:15:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi huzuridagi O'rmon agentligi mas'ullari Surxondaryo davlat o'rmon xo'jaligi faoliyati bilan tanishdi.

Tanishuv chog'ida xo'jalik hududidagi o'rmonlar, yaylov yerlari, unda tashkil etilgan ko'chatxonalar faoliyati hamda dorivor o'simliklarini yetishtirish ishlari yaqindan o'rganildi.
O'rganish ishlari davomida agentlik mas'ullari tomonidan xo'jalik ishchi guruhiga o'rmonchilik ishlari bo'yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.



