Taxtako‘pirda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-10-12 11:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, tuman Ekologiya va iqlim o'zgarishi, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar bo‘limlari xodimlari, o‘rmon xo‘jaligi ishchi guruhi, tuman Tibbiyot birlashmasi va hududiy Elektr tarmoqlari korxonasi vakillari ishtirok etdi.
O‘quv mashqlari davomida o‘rmonlarda sodir bo‘ladigan favqulodda yong‘inlarni bartaraf etish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, tezkor axborot almashinuvi va boshqaruvni tashkil etish hamda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Shuningdek, maxsus o‘t o‘chirish texnikalari va jihozlarining shayligi sinovdan o‘tkazilib, xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik boshqaruvi mexanizmlari amaliyotda qo‘llanildi.
Tadbir yakunida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.







