Rasmiy munosabat
2026-09-30 09:10:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida chorva mollari boqilayotganligi bilan bog‘liq tarqalgan xabar O‘rmon xo‘jaligi mas’ullari tomonidan joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Boysun tumani “Qizilnavr” mahallasida yashovchi F.R ga tegishli 3 bosh chorva mollari o‘rmon xo‘jaligi hududida qarovsiz yurganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 77-moddasi 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llanilgani ma'lum qilinadi.
