Rasmiy munosabat
2026-09-30 09:05:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida «Maqsad Petroleum» MCHJ va o‘rmon xo‘jaligi o‘rtasida seysmik-qidiruv ishlari olib borish maqsadida yerdan foydalanish shartnomasi tuzilganligi, biroq, «Maqsad Petroleum» MCHJ tomonidan seysmik-qidiruv ishlari olib borish mobaynida o‘rmon fondi yerlarida mavjud bo‘lgan daraxt va butalarga amaldagi qonunchilikka zid ravishda zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Buning oqibatida «Maqsad Petroleum» MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari talabi qo‘pol ravishda buzilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, huquqiy baho berish maqsadida huquq tartibot organlariga taqdim etilishi ma’lum qilinadi.
