O‘rmonlarni tiklash va cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha hamkorlik yanada kengaymoqda
2026-09-26 11:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, cho‘llanishning oldini olish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash hamda yashil hududlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik doirasida himoya o‘rmonlari barpo etish, yaylovlarni qayta tiklash va barqaror boshqarish, yerlarda tuproq sho‘rlanishining oldini olish hamda cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida Xitoy tajribasi asosida zamonaviy ko‘chatxonalar barpo etish, dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish hamda daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlarini tizimli amalga oshirilishi qayd etildi.
Ahamiyatlisi, hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar doirasida aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish maqsad qilingan.







