Prokuratura tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi
2026-09-09 18:45:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi xodimlari uchun O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad xodimlarning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy qadriyatlar va tarixiy xotiraga hurmatni yanada mustahkamlash, yurtimiz ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida xodimlar prokuratura organlarining shakllanish tarixi, noyob arxiv hujjatlari, qimmatli eksponatlar hamda siyosiy qatag‘on qurbonlari taqdiriga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdi.







