Qurg‘oqchil hududlarda yangi o‘rmonlar barpo etish bo‘yicha xalqaro hamkorlik kengaymoqda
2026-09-09 16:50:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, soha mutaxassislarining tajriba almashinuvini keng yo‘lga qo‘yish, sohaga zamonaviy texnologiya va yechimlarni keng joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi o‘rmonlar barpo etish, yashil hududlarni kengaytirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, cho‘llanishga qarshi kurashish hamda qum va chang bo‘ronlarini oldini olish borasida mintaqaviy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, mehmonlar Markaziy Osiyo ekologiyasi va atrof-muhit tadqiqotlari markazi faoliyati bilan tanishtirildi.
Ahamiyatlisi, hamkorlik doirasida qurg‘oqchil hududlarda yangi o‘rmonlar barpo etish orqali mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi yashash punktlari va qishloq xo‘jaligi yerlarini qum va chang bo‘ronlaridan himoya qilish hamda yerlarda sho‘rlanishning oldini olish uchun galofit bog‘larini tashkil etish kabi loyihalar amalga oshirilishi maqsad qilingan.






