Andijon "yashil" texnikumiga kitoblar sovg‘a qilindi
2026-08-14 17:30:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov va O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov Andijon "yashil" texnikumida tashrif buyurdi.

Tashrif davomida texnikum kutubxona fondini boyitish hamda o‘quvchilarning ekologik bilim va dunyoqarashini yanada oshirish maqsadida ta’lim muassasasiga ilmiy va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Shuningdek, texnikum hududi ko‘zdan kechirilib, olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, yangi o‘quv yili uchun belgilangan ta’lim yo‘nalishlari hamda 9 va 11-sinf bitiruvchilarini texnikumga qamrab olish masalalari o‘rganildi.
Tanishuv jarayonida texnikum faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish hamda ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.


