Nurotada aholi murojaatlari tinglandi
2026-07-29 16:05:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Nurota tumanida O‘rmon agentligi tomonidan tuman hokimligi bilan hamkorlikda aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, tuman hokimligi mas’ullari hamda Navoiy viloyatidagi hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda aholining o‘rmon yerlari ijarasi, soliqqa oid muammolari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlarga oid 10 ga yaqin masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Qabul yakunida mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablari asosida har bir o‘rinli murojaatni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.





