Tuproq va suv resurslarini muhofaza qilish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
2026-07-28 16:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston, Xitoy, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz respublikasining o‘rmon xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, nufuzli olimlar va ekologlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminarda cho‘llanishga qarshi kurashish, yer eroziyasining oldini olish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, bioxilma-xillikni saqlash hamda tuproq va suv resurslarini muhofaza qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yuqori samaradorlikka ega suv tejovchi aqlli sug‘orish tizimlarini tashkil etish, sho‘rlanish darajasini aniqlash hamda yerlarning biologik holatini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi alohida ta’kidlandi.
Seminar davomida ko‘rgazma taqdimoti o‘tkazildi. Unda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va amali yechimlar taqdim etildi.


