Dang‘arada yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-07-24 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va Tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda tuman hududiy Elektr tarmoqlari korxonasi vakillari ishtirok etdi.
O‘quv mashqlari davomida o‘rmonlarda sodir bo‘ladigan favqulodda yong‘inlarni bartaraf etish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, tezkor axborot almashinuvi va boshqaruvni tashkil etish hamda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Shuningdek, maxsus o‘t o‘chirish texnikalari va jihozlarining shayligi sinovdan o‘tkazilib, xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik boshqaruvi mexanizmlari amaliyotda qo‘llanildi.
Tadbir yakunida mas’ullar tomonidan ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


