Rasmiy munosabat
2026-07-10 16:05:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi yerlarida daraxtlar kesilayotganligi to‘g‘risidagi tarqalgan xabar tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi va hududiy davlat o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari tomonidan joyida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Sariosiyo tumani “Nilu” mahallasida yashovchi J.X. tomonidan o‘rmon xo‘jaligi hududidagi daraxtlar noqonuniy ravishda kesilganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida, tarqalgan videolavhadagi shaxs – “Hisor” ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon qo‘riqchisi A.J. ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatga qonuniy baho berish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.
