Belarus davlat texnologiya universiteti faoliyati bilan tanishildi
2026-07-10 11:05:00 / Yangiliklar

Dastlab Erkin Muhiddinov universitet faoliyati, unda tashkil etilgan laboratoriyalar va o‘quv auditoriyalari bilan yaqindan tanishdi. Muloqotlar davomida ushbu universitet Belarus respublikasida o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ushbu uchrashuv Belarus va O‘zbekiston hududlari III forumi doirasidagi muhokamalarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Forumning "Yog‘ochni qayta ishlash va mebel ishlab chiqarish" seksiyasida ushbu universitet tomonidan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari taqdim etildi. Bu O‘zbekiston tomoni tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Tomonlar o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun amaliyotlar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida amaliyotlarni tashkil etish formatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirishga kelishib olindi.





