Samarqanddagi “yashil” texnikumga kitoblar topshirildi
2026-07-08 11:50:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan Samarqand shahrida yangi tashkil etilayotgan “yashil” texnikum kutubxonasiga 200 dan ortiq turli ilmiy va badiiy kitoblar tuhfa qilindi.

O‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Yakunda texnikum ma’muriyati xo‘jalik rahbarlariga chuqur minnatdorlik bildirdi.


