Xitoydagi "Expo China-Eurasia 2026” xalqaro ko’rgazmasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi
2026-06-26 18:40:00 / Yangiliklar

Xususan, "Huayou Holdings", "ChN Energy", "GaoWzi ZhiKong", "Xinjiang Jingshen Logistics", "XinJiang Commercial and Logistics group" kompaniyalari, shuningdek, Xitoy banki va "Shaanxi" provinsiyasi vakilllari bilan uchrashuvlar davomida o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yildi, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, "yashil" energetika va investitsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Qolaversa, uchrashuvlar davomida tomonlarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan atrof-muhitni muhofaza qilishga doir islohotlar, mamlakatning ekologik siyosat borasidagi salohiyati va ilgari surayotgan tashabbuslari haqida ma’lumot berildi.
Yakunda barcha kompaniyalar 2027-yil 15-17-iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Eco Expo Central Asia 2027" xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etildi.






