Ningxua Cho‘llanishga qarshi kurashish kolleji faoliyati o‘rganildi
2026-06-18 18:25:00 / Yangiliklar
Xitoyning Inchuan shahrida bo‘lib o‘tgan “Cho‘llanishga qarshi kurashish yo‘nalishida Xitoy-Markaziy Osiyo hamkorligi” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov Ningxia Cho‘llanishga qarshi kurashish kolleji faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab Erkin Muhiddinov kollejning ta’lim dasturlari, o‘quv va amaliy faoliyati, mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlari hamda unda tashkil etilgan ko‘chatxona va botanika bog‘i bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, ekologik ta’limni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va cho‘llanishga qarshi kurashish hamda o‘rmon xo‘jaligini barqaror rivojlanish sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
Yakunda kollej bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish sohalaridagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
