17-iyun - Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni
2026-06-17 16:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiyasiga a’zo bo‘ldi. Ushbu Konvensiya O‘zbekiston tomonidan 1995-yil 31-avgustda ratifikatsiya qilingan va 1996-yilda kuchga kirgan.
Unumdor yer gullab-yashnayotgan iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Jahon yalpi ichki mahsulotining yarmidan ko‘pi tabiatga bog‘liq. Vaholanki, biz bu tabiiy kapitalni beayov ishlatib tugatmoqdamiz. Har daqiqada yerlar degradatsiyasi tufayli 4 ta futbol maydoniga teng hududning ekvivalenti yo‘qotilmoqda.
Bu biologik xilma-xillikning yo‘qolishiga olib keladi. Qurg‘oqchilik xavfini oshiradi. To‘lqinlarning ta’siri global miqyosda - oziq-ovqat narxlarining oshishidan tortib, beqarorlik va migratsiya muammolari paydo bo‘lishiga olib keladi.
Cho‘llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg‘oqchilik hozirgi zamonning eng dolzarb ekologik muammolaridan biridir. Dunyodagi jami yer maydonining 40 foizi degradatsiyaga uchraganligi tashvishli holat.
BMTning 2021-2030-yillarga mo‘ljallangan Ekotizimlarni tiklash bo‘yicha 10 yillik Dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bugun yerlar degradatsiyasi to‘lqinini keng ko‘lamli tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni yanada keng ko‘lamda jadallashtirish lozimligini taqozo etmoqda. Agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, 2030-yilgacha 1,5 mlrd gektar yerlar tiklanishiga erishiladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan 2026-yilda respublika miqyosida 251,3 ming gektar, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 115,0 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo etish belgilandi.
