Cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
2026-06-17 08:55:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Xitoyning Inchuan shahrida o‘tkazilayotgan “Cho‘llanishga qarshi kurashish yo‘nalishida Xitoy-Markaziy Osiyo hamkorligi” xalqaro konferensiyasi doirasida O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov hamda "Xitoy-Markaziy Osiyo" Kotibiyati bosh kotibi Sun Veydun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda cho‘llanishga qarshi kurashish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda mazkur xalqaro tadbir doirasida navbatdagi rasmiy uchrashuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlar chog‘ida Erkin Muhiddinov mintaqada ekotizimlarni tiklash, yangi o‘rmonlar barpo etish hamda hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ushbu xalqaro konferensiyaning o‘rni yuqori ekanligini alohida ta’kidladi.
