O‘rmon agentligida yosh xodimlarning takliflari tinglandi
2026-06-15 14:25:00 / Yangiliklar

Muloqotlar davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning start up loyihalarini o‘rmon xo‘jaligi sohasida keng joriy etish va sohada raqamlashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda yoshlarning reja va maqsadlari tinglandi. Ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab- quvvatlash va axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular uchun imkoniyatlar yaratish bugungi kunda davlatimiz e’tiboridagi ustuvor vazifadir. Sababi, yoshlarning bilim olishi, mehnat qilishi va ijtimoiy faolligi ta’minlanishi mamlakatning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, – dedi E. Muhiddinov.
Yakunda Agentlik rahbari yosh xodimlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.



