Markaziy Osiyoda transchegaraviy landshaftlarni tiklash masalalari muhokama qilindi
2026-06-09 17:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sammit doirasida “Markaziy Osiyoda transchegaraviy landshaftlarni tiklash va mintaqaviy hamkorlikda barqaror rivojlanish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Erkin Muhiddinov mamlakatimizda tizimli amalga oshirilayotgan - yashil hududlarni kengaytirish, cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlar barpo etish tadbirlari haqida ma’lumot berdi.
“Aytish joizki, bugun cho‘llanish va yerlar degradatsiyasining oldini olish kabi masalalar global muammolardir. "Yashil belbog‘"lar, "yashil qoplama"lar barpo etishda mintaqa davlatlari hamjihatlikda ish olib borishi lozim. Sir emaski, iqlim o‘zgarishlarining oqibatlari chegara tanlamaydi.”, – dedi E.Muhiddinov
