Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi
2026-05-12 12:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 6 - 7-may kuni O‘rmon agentligi xodimlari uchun Ko‘hna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Samarqand — o‘zining boy tarixi, betakror me’moriy obidalari hamda Buyuk ipak yo‘lidagi muhim markaz sifatidagi o‘rni bilan yurtimizning eng muhim madaniy maskanlaridan biri hisoblanadi. Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda hamda Imom al-Buxoriy majmualarini ziyorat qildilar.
Ushbu sayohat xodimlarning madaniy hordiq chiqarishiga sharoit yaratish, jamoada o‘zaro hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlash hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.


