Inson aziz – xotira muqaddas
2026-05-08 18:45:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jasoratini tarix sahifalariga muhrlash borasidagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi.
E’tiborlisi, mash’um urushda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, Mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasini abadiylashtirish hamda bugun hayot bo‘lgan faxriylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Darhaqiqat, ulardagi metin iroda va Vatanga bo‘lgan muhabbat bugungi va kelajak avlodlar uchun chinakam ibrat namunasidir. Yurt ozodligi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarning xotirasi doimo abadiydir.
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaymiz.Yurtimizning tinch va osoyishtaligi, farovon hayotimizga aslo ko‘z tegmasin. Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin.
Erkin Muhiddinov,
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi
milliy qo‘mitasi huzuridagi
O‘rmon agentligi direktori
