Mo‘tabar ayollar qadrlandi
2026-03-06 19:55:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida 8-mart —Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tantanali tadbirda Ekologiya qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etib, tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Xalqimizda azal-azaldan mo‘tabar ayol zotiga hurmat ko‘rsatib kelinganligi, bugun yurtimizda xotin-qizlarning oilada, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tibor qaratilayotganligi alohida qayd etildi.
Asosiysi, keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonlar barpo etish borasida ham ayollarning o‘rni yanada ortib borayotganligi, barcha sohalarda bo‘lgani kabi tabiatni himoya qilishda ularning mehnati beqiyos ekanligi e’tirof etildi.
Bayram tadbirlari hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari va tizim tashkilotlarida ham ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.




