AHOLI SUV XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISLOHOTLARDAN O‘ZGARISh SEZMOQDA
2025-10-31 16:05:00 / Yangiliklar
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan vazirlikning telegram kanallari orqali ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Jumladan, ishtirokchilarga “Oxirgi 5 yilda suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlardan o‘zgarish sezdingizmi?” degan savol bilan murojaat qilindi. Ulardan 54,7 foizi “Ha” javobini belgilagan.
16 foizi “Yo‘q”, 26,7 foizi “Oz-moz” deb javob bergan. Respondentlarning atigi 2,6 foizi javob berishga qiynalishini aytgan.
So‘rovda qatnashganlarning 84,7 foizini erkaklar, qolganini ayollar tashkil etgan. Ularning 49,3 foizi 31-45 yosh oralig‘ida. Barcha ishtirokchilarning 88 foizi oliy ma’lumotli.
Respublikamizning barcha hududlaridan respondentlar qatnashgan.
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Jamoatchilik kengashi
