TOMORQA EGALARI O‘RTASIDA TARG‘IBOT OLIB BORILDI
2025-08-19 17:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 19-avgust kuni Angor tumanining “Xomkon” mahallasida “Suv tekin emas – suv resurslarini tejash” loyihasi doirasida tomorqa yer egalarining tomchilatib sug‘orishni joriy qilish, suvdan, shu jumladan yomg‘ir suvidan foydalanishi yuzasidan 6 ta uy xo‘jalik tomorqalari o‘rganildi.

Tomorqa yer egalari issiqxonalar tashkil qilgan, lekin tomchilatib sug‘orish, suvni tejaydigan sug‘orish usullari joriy etilmagan.
Loyiha mablag‘idan tomchilatib sug‘orish uskunalari o‘rnatish uchun tomorqa yer egalarning imkoniyatlari o‘rganildi. Tomchilatib sug‘orishning afzalliklari, kam suv sarflab yuqori hosil yetishtirish, qo‘l mehnatining og‘irligini kamaytirish, issiq kunlarda oson sug‘orish, tuproqning yuqori qatlami qotmasligi, suv resurslarini tejash yuzasidan tushuntirish olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘i hisobidan moliyalashtirilmoqda.
“Ayol va shodlik” NNT


