MUROJAAT
2025-08-06 10:40:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimizdir!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga, unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiyaviy omillarga barham berishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashga doir tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda, Inspeksiya tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, inspeksiya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida 14 ta ( 3 ta nizom, 3 ta uslubiyot, 3 ta yo‘riqnoma, 3 ta reglament, 1 ta qoida va 1 ta siyosat) ichki idoraviy hujjatlar qabul qilinib, inspeksiya tizimida amaliyotga joriy etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda sohani raqamlashtirish eng samarali yo‘llardan biri bo‘lib, inspeksiya faoliyatini raqamlashtirishga alohida urg‘u berilmoqda.
Jumladan, ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalarni planshet orqali elektron rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Natijada bayonnomani qog‘ozda rasmiylashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarning oldi olinmoqda.
Shuningdek, Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshiruv va profilaktika tadbirlarini o‘tkazishni tashabbus etish “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, sohada tizimli nazorat o‘rnatishda keng jamoatchilik vakillari ishtiroki ta’minlanayotganligi ham korrupsion omillarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqida”gi Nizomga asosan sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilmoqda.
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur”.
Shu o’rinda, Inspeksiya tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga shuni alohida ta’kidlagan bo‘lar edim-ki, korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyiliga tayangan holda korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etmang, boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilmang, pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeyingizdan noqonuniy foydalanmang.
Sizlardan korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalaringizni halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqirib qolaman.
Inspeksiya korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha uchun ochiq va hamkorlikda ishlashga tayyorligini ma’lum qiladi.
Bundan tashqari, inspeksiya faoliyatiga oid korrupsiyaviy hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq har qanday murojaatlarni quyida keltirilgan maxsus aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin, sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Yo‘llangan murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilishi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Ishonch telefoni: +99855-520-71-66;
Rasmiy veb-sayt: v-nadzor.gov.uz;
Elektron pochta manzili: anticorruption@v-nadzor.gov.uz
