E’lon
2025-08-04 12:40:00 / Majlislar

|
Sana |
2025-yil 4-avgust |
|
Kredit raqami va nomi: |
4207-UZB(COL)-son: “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi |
|
Shartnoma raqami va nomi |
CAWRMP-ICW-06: Kegeyli magistral kanali modernizasiyasi – kanal ishlari. |
|
Taklif topshirishning so‘nggi muddati: |
2025-yil 3-oktabr, soat 16:00, Toshkent standart vaqti (TSV) |
1. O‘zbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)dan “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi uchun kredit qabul qildi va ushbu kredit mablag‘larining bir qismini yuqoridagi shartnoma bo‘yicha to‘lovlarga yo‘naltirishni rejalashtirgan. Tender jarayoni OTBning muvofiqlik qoidalari va tartiblariga asosan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi (“Xaridor”) loyiha doirasida CAWRMP-ICW-06: Kegeyli magistral kanali modernizasiyasi – kanal ishlari loyihasini qurish va yakunlash uchun tender takliflarini taqdim etilishini so‘raydi. Tovarlar quyida umumlashtirilgan “Narx taklifiga so‘rov” (NTS) hujjatida belgilangan joyga yetkazilishi kerak. Yetkazib beruvchilar bitta yoki ikkala shartnomada (lotlarda) ishtirok etishlari mumkin.
3. Ochiq tanlov OTBning «Bir bosqichli: oldingi malakalashtirishsiz yagona konvert» tartibiga muvofiq o‘tkaziladi va tender hujjatlarida ko‘rsatilganidek, ishtirok etish huquqiga ega barcha mamlakatlardan bo‘lgan ishtirokchilar uchun ochiqdir.
4. Ushbu tanlovda faqat tender hujjatlarida belgilangan quyidagi asosiy talablarga javob beradigan ishtirokchilar ishtirok etishi mumkin:
- Qurilish sohasidagi minimal o‘rtacha yillik aylanma hajmi 15,10 million AQSh dollarini tashkil etishi kerak;
- Eng kami 3,40 million AQSh dollariga teng moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi yoki ularga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
- So‘nggi 5 yil (2020–2024 yy.) ichida kamida bitta shartnomani pudratchi, qo‘shma korxona sherigi yoki subpudratchi sifatida samarali va qoniqarli bajargan bo‘lishi, bunda ishtirokchi ulushi 32,00 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lishi kerak;
- Qurilish sohasida kamida 3 500 000 m³ yer ishlari, 135 000 m³ beton qoplama ishlari tajribasiga, shuningdek, irrigasiya kanallari va inshootlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha maxsus tajribaga ega bo‘lishi kerak;
- Boshqa baholash va malakalilik mezonlari tender hujjatlarida ko‘rsatilgan.
5. Qo‘shimcha ma’lumot olish va tender hujjatlari bilan tanishish uchun ishtirokchilar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:
Manzil: Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 1A-uy, 100000
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi (Markaz)
Elektron pochta: cawrmp@mail.ru
Telefon raqam: +998 91 234 03 03, +998 95 035 03 02
6. Tender hujjatlarini (ingliz tilida) xarid qilish uchun talablarga javob beradigan ishtirokchilar:
Yuqorida ko‘rsatilgan manzilga rasmiy xat yuborib, CAWRMP-ICW-06: “Kegeyli magistral kanali modernizasiyasi – kanal ishlari” loyihasi bo‘yicha tender hujjatlarini taqdim etishni so‘rashlari kerak;
Tender hujjatlarini xarid qilish sanasidan oldin qaytarib bo‘lmaydigan 300,00 AQSh dollari yoki uning milliy valyutadagi ekvivalentini bank orqali to‘lashlari kerak.
Milliy valyutada (so‘mda):
Bank: «Ipoteka bank», «Mehnat» filiali
Kod: 00423
STIR: 308 508 389
Hisob raqami: 2021 0000 0054 0531 9001 UZS
Hisob egasi: Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi
SWIFT: UZHOUZ22
AQSh dollarida:
Bank: “Ipoteka bank” АТБ “Mehnat” filiali
Kod: 00423
STIR: 308 508 389
Hisob raqami: 2021 0840 9054 0531 9001 USD
Hisob egasi: Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi
SWIFT: UZHOUZ22
7. Tender takliflarini tadqim etish manzili:
- Manzil: Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 1A-uy, 100000
- Muddat: 2025-yil 3-oktabr, soat 16:00 gacha (Toshkent vaqti bilan)
- Tender hujjatlarida belgilanganidek, taklif kafolati (Bid Security) bilan birga
8. Tender takliflari ko‘rsatilgan muddat yakunlanishi bilan darhol ochiladi va bu jarayonda ishtirok etishni xohlagan tender ishtirokchilari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
