BAYONOT
2025-08-03 19:00:00 / Yangiliklar

“Sea Breeze Uzbekistan” investitsiya loyihasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Chorvoq suv ombori to‘liq davlat nazorati ostida qoladi.
Loyihada ko‘zda tutilgan injenerlik yechimlariga muvofiq, barcha oqova suvlar sohil hududidan tashqariga to‘liq olib chiqilib, markazlashtirilgan tozalash tizimiga yo‘naltiriladi. Bu, o‘z navbatida, ularning suv omboriga tushish ehtimolini butunlay istisno qiladi.
Qurilish ishlari suvni muhofaza qilish uchun belgilangan chegaralardan tashqarida, sanitariya va gidrotexnika me’yorlariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Vazirlik loyihaning amalga oshirilishini idoralararo nazorat qilish jarayonida ishtirok etmoqda va tasdiqlangan talablardan har qanday chetlanish holatlariga zudlik bilan munosabat bildirishga tayyor.
Aholi salomatligi uchun xavfsiz suvni yetkazish, shu jumladan, Chorvoq suv ombori suvlarining sifati va xavfsizligini saqlash Suv xo‘jaligi vazirligi uchun mutlaq ustuvor vazifa hisoblanadi.
