TIZIM TASHKILOTLARIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARI SAMARADORLIGI YANADA ORTADI
2025-07-24 17:50:00 / Yangiliklar

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilgan.
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “e-antikor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Platformaga tegishli ma’lumotlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 29 ta indikator asosida kiritiladi. Qarorga muvofiq vazirlik markaziy apparati, Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi hamda Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi reyting baholashdan o‘tkaziladi.
Seminar ishtirokchilariga, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalarini yaxshilash, shuningdek, mas’ul xodimlarga reyting baholash, shu jumladan elektron platformadan foydalanish tartiblari tushuntirildi.
Axborot xizmati






