POLSHALIK OLIMLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
2025-05-30 12:35:00 / Yangiliklar

Bugun Suv xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori Z.Ishpulatov ular bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bu jarayonda suv xo‘jaligi sohasiga e’tibor, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
– Suv xo‘jaligi sohasi oldida turgan vazifalarni ilmiy yondashuvlarsiz hal etib bo‘lmaydi. Shu sababli, vazirlik huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga katta mas’uliyat yuklangan, – dedi uchrashuvda vazir o‘rinbosari.
Joriy yil iyun oyida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Dunyoning turli davlatlaridan nufuzli tashkilotlar vakillari, olimlar, ekspertlar taklif qilingan.
Shu kunlarda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining innovatsion faoliyatini modernizatsiyalash konsepsiyasining (2025–2030 yillarga mo‘ljallangan) tarkibiy qismi xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilinmoqda.
Vazir o‘rinbosari polshalik olimlarni muhokamalarda faol qatnashishga chaqirdi.
– Iqlim o‘zgarishi sharoitida dunyo mamlakatlarida kuzatilayotgan suv xo‘jaligi sohasidagi muammolarning yechimi texnologiyalarga bog‘liq. Yevropa misolida oladigan bo‘lsak, an’anaviy usullarni texnologiyaga tayangan holda modernizatsiya qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Biz bu borada hamkorlikka tayyormiz, – dedi uchrashuvda professor Marek Gromes.
Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Axborot xizmati



