KADRLARNI JOYLASHTIRISH, IJRO INTIZOMI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2025-04-28 16:55:00 / Yangiliklar

Seminarda davlat muassasasi xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari, nomzodlarni ishga qabul qilish bo‘yicha komissiya tarkibini mehnat qonunchiligi talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, ishga qabul qilinayotgan shaxslarga qo‘yiladigan malaka talablariga qat’iy amal qilish, xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligiga taqdim etib borish, ishga qabul qilinayotgan shaxslarning mas’uliyat va javobgarligini kuchaytirish vazifalari tushuntirildi.
Davlat muassasasida qabul qilinayotgan buyruqlar, iste’molchilar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuziladigan shartnoma hamda boshqa hujjatlarni qonuniyligi ko‘rib chiqilganda yuridik xizmat xodimi yoki tuman davlat xizmati bo‘limidan xulosa olish zarurligi ta’kidlandi.
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aytilib, har bir murojaat ortida inson manfaati turganligi, bu masalada sira beparvo bo‘lmaslik, ariza va shikoyatlarda bayon qilingan masalalarni o‘z vaqtida hal qilish topshirig‘i berildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati
