E’lon
2025-04-28 15:45:00 / Majlislar

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
1. Yomg‘ir suvlarini yig‘ish, saqlash va ekinlarni sug‘orishda sarflash bo‘yicha xorij tajribalarini o‘rganish, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
2. Aholi tomorqalarida tomchilatib sug‘orish, yomg‘ir suvlaridan foydalanishni targ‘ibot-tashviqot qilish bo‘yicha davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish.
3. Mahallalarda tomorqa yer egalarining tomchilatib sug‘orishni joriy etishiga, suvdan, shu jumladan, yomg‘ir suvidan samarali foydalanishiga ko‘maklashish.
4. “Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish.
5. Davlat organlarining ommaviy axborot vositalari, Internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar bilan yaqin ijtimoiy hamkorligini yo‘lga quyish.
6. OAVlarida, internet tarmoqlarida tomchilatib sug‘orish, suv resurslari, jumladan, yomg‘ir suvlaridan samarali foydalanish haqida qiziqarli ko‘rsatuvlar, lavhalar, reportajlar, maqolalar e’lon qilish.
Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;
- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiq kelishi;
- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi.
Tanlovda qatnashish uchun uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
2. https://gov.uz/uz/suvchi veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan tanlovda qatnashish uchun ariza.
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi.
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
5. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Ijtimoiy buyurtma loyihasi uchun vazirlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘ miqdori – 100 million so‘m.
Hujjatlar 2025-yil 1-maydan 30-maygacha qabul qilinadi.
Loyihani amalga oshirish davri 2025-yil 1-iyuldan 30 dekabrgacha.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 dahasi, 11-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (0-371) 202-47-84.
E-mail: press@minwater.uz
