SUVNI TEJASH VA HISOBINI YURITISH MASALASI MUHOKAMA ETILDI
2025-04-25 16:30:00 / Yangiliklar

Tumandagi “Reyimqul Berdali” fermer xo‘jaligining dalasida o‘tkazilgan tadbirda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suv iste’molchilariga ajratilgan suv limitlari doirasida shartnomalar tuzish kabi masalalar muhokama etildi.
– Tumanlarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlarda oldin qurilgan suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish holati o‘rganilib, tegishli tavsiyalar, servis xizmatlari bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda, – dedi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarnijoriy qilish bo‘yicha bosh mutaxassis A.Qidirbayev. – Bu fermer xo‘jaliklariga har tomonlama ko‘mak bo‘ladi, albatta.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati


