E’lon
2025-04-24 17:51:00 / Majlislar

Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Gurlan tumanida joylashgan Suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi “Guliston (Baxodir)” nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy sektor boshqaruviga berish boʻyicha xususiy tashabbuskorlarning loyiha konsepsiyalari tasdiqlandi.
Potensial davlat sherigi – Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda vakolatli davlat organi – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga quyidagi shartlarga muvofiq, ushbu davlat-xususiy sheriklik loyihalarida qatnashuvchi (yuridik shaxs) talabgorlar murojaat qilishi mumkin.
DXSH loyihasiga qiziqish bildirish uchun soʻrov formasi
DXSH loyihasining konsepsiyasi
Tenderda qatnashish shartlari:
- talabgor (yuridik shaxs)lar qishloq va suv xoʻjaligi sohasida yetarli darajada malaka tajribaga ega boʻlishi;
- talabgor (yuridik shaxs)lar moddiy va malaka jihatdan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Talabgor (yuridik shaxs)lar soʻrov formasi va takliflarini
2025-yil 4-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha topshirishlari kerak.
Murojaat uchun manzil:
Suv xoʻjaligi vazirligi, 100187, Toshkent shahri, Qorasuv mavzesi-4, 11-uy.
Tel.: +998(71) 202-47-61;
E-mail: dxsh@minwater.uz
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 100017, Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, 29-uy.
Tel.: +998(71) 203-50-50 (01924)
E-mail: dxshtender@imv.uz
