NAZARIY BILIMLAR AMALIYOTDA MUSTAHKAMLANDI
2025-04-23 11:55:00 / Yangiliklar

Bo‘lajak irrigatorlar, jumladan, G‘allaorol tumani hududidagi “Mulkush” kanalida borayotgan rekonstrutsiya ishlarini kuzatishdi. Ular, shuningdek, quruvchilar bilan yonma-yon turib, kanalning 187-piketida olib borilayotgan betonlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
– Jizzaxda 5 kun davom etgan amaliy mashg‘ulotlar talablarimiz uchun har tomonlama foydali bo‘ldi, – deydi milliy tadqiqot universiteti dotsenti B.Amanov. – Talabalarimiz viloyat suv xo‘jaligining bir qator tashkilotlarida bo‘lib, suv xo‘jaligi ob’ektlari va gidroinshootlar faoliyatining tashkil etilishi bilan bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa, shogirdlarimizning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashi uchun zamin bo‘ldi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati


