IJOBIY NATIJALAR YANADA MUSTAHKAMLANADI
2025-04-22 16:55:00 / Yangiliklar

Ushbu inshootda bo‘lib o‘tgan seminarda xususiy sherik bilan tuzilgan bitim shartlarining bajarilishi tahlil qilindi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, o‘tgan yillar davomida mazkur nasos stansiyasida xususiy sherik o‘z zimmasiga olgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelmoqda. Jumladan, hozirga qadar inshootning bekamu-ko‘st faoliyat yuritishi uchun 1 milliard 400 million so‘mga yaqin investitsiya kiritildi. Bu esa, ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, nasos agregatlair uchun zaruriy yangi va ehtiyot qismlarni xarid qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, jamoa a’zolarini muntazam ravishda moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda.
Seminarda ijobiy natijalarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yanada kengaytirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati




