ILM VA ISHLAB CHIQARISH UYG‘UNLIGINING AMALIY IFODASI AFG‘ONLARDA KATTA TAASSUROT QOLDIRDI
2025-04-14 09:30:00 / Yangiliklar

Mehmonlarga ikki turdagi bentomat bilan qoplangan hovuz haqida ma’lumot berildi. Tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish usullaridan foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari ko‘rsatildi.
Zamonaviy kompozit materiallardan tayyorlangan sug‘orish tarmoqlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ular o‘zan jarayonlarini gidravlik modellashtirish laboratoriyasidagi ilmiy izlanishlar bilan tanishtirildi. Laboratoriyada turli suv yo‘llaridagi gidravlik jarayonlar ilmiy o‘rganilmoqda. Misol uchun, sug‘oriladigan maydonlarning xususiyatidan kelib chiqib, qanday quvurlarni tanlash bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilayapti.
Shu bilan birga, suv olish nuqtalarini avtomatik boshqariladigan qurilmalar bilan jihozlash, suvni o‘lchash vositalari namoyish qilindi.
Suvchilar maktabi, ko‘rgazmali maydonchalardagi qurilmalar, laboratoriya afg‘on mutaxassislarida katta taassurot qoldirdi. Ular O‘zbekistonda ilm va ishlab chiqarish uyg‘unligini amalda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganliklarini e’tirof etishdi.
Delegasiya rahbari xayrlashar ekan, albatta kelgusida Afg‘onistondan mutaxassislar kelib bu yerdagi ilmiy va o‘quv tajribalarni o‘rganib ketishlarini, O‘zbekiston rahbariyati buning uchun sharoit yaratib berishiga umid qilayotganini alohida ta’kidladi.
Axborot xizmati


