AFG‘ON DELEGATSIYASI SUVCHILAR MAKTABI BILAN TANISHDI
2025-04-14 09:03:00 / Yangiliklar

Kecha mehmonlar Toshkentdagi Suvchilar maktabini borib ko‘rdi.
2023-yilda faoliyatini boshlagan Suvchilar maktabi fermerlar, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillariga suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka erishishni o‘rgatadi. Bu yerda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga doir innovatsion texnologiyalar, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘qitiladi.
Mehmonlarga xuddi shunday maktablar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilganligi, ularning ko‘rgazmali maydonchalari uchun 10 gektargacha yer ajratilgani aytib o‘tildi.
Afg‘on delegatsiyasi Suvchilarning maktabining ko‘rgazmali maydonchasida tomchilatib sug‘orish texnologiyasining ish jarayonlari bilan tanishib, savollariga mutaxassislardan javob oldilar.
Axborot xizmati



