ILMIY-AXBOROT MARKAZI DIREKTORI NUFUZLI XALQARO QO‘MITA RAISLIGIGA SAYLANDI
2025-04-10 17:25:00 / Yangiliklar

To‘qqiz nafar mustaqil ekspertdan iborat qo‘mita suv bilan bog‘liq mojoralarni hal etish uchun qarama-qarshiliklarsiz, shaffof va hamkorlikda, Konvensiya asosida ish olib boradi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Markaziy Osiyo mintaqasida Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining Ilmiy-axborot markazi direktori Dinara Ziganshina 2025-2027-yillarda qo‘mitaning raisi etib saylandi.
Qo‘mitaning yangi tarkibi Konvensiyaning global xarakteriga mos bo‘lib, uning a’zolari Afrika, Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasi vakillaridir.
Shuningdek, yig‘ilish doirasida Chijevna/Sem transchegaraviy daryosi bo‘yicha munosabatlarda Qo‘mitaning ishlab chiqilgan yuridik va texnik tavsiyalarini amalga oshirishda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Chernogoriya va Albaniya bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati
