Asosiy kontentga o'tish

BUXORODO YANGI MELIORATIV AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILDI

2025-04-03 09:10:00 / Yangiliklar

​Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasi tomonidan yangilikka qo‘l urildi: yangi meliorativ axborot tizimi tashkil qilindi.

Viloyatning 12 ta meliorativ uchastkasidan raqamli texnologiyalar orqali uzatiladigan ma’lumotlarni 4 nafar mutaxassis kompyuter yordamida tahlil qilib boradi.

Shuningdek, texnik nosoz qurilmalarni joyida ta’mirlash uchun 6 nafar mutaxassis (telemexanik, dasturchi, muhandis) belgilandi. Ularga maxsus jihozlangan 2 ta avtomashina ajratildi.

Meliorativ ekspeditsiyada o‘tkazilgan navbatdagi seminarda meliorativ axborot tizimi bo‘yicha ishlarni mexanizmlar asosida olib borish, raqamli qurilmalarni doimo soz holatda saqlash yuzasidan takliflar bildirildi.

 

Amu-Buxoro ITHB matbuot xizmati

96

Oxirgi yangilanish: 2025-04-03 09:48:56

BUXORODO YANGI MELIORATIV AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILDI