Asosiy kontentga o'tish

SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA ERKAK VA AYOLLAR HUQUQI TENG

2025-03-26 16:50:00 / Yangiliklar

Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida ijtimoiy kafolatlar va gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi «Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi doirasida tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyatidagi klaster tashkilotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yerlari hamda issiqxona xo‘jaliklarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, suv xo‘jaligi sohasida faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlar, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi mutaxassislari, Amu-Surxon ITHB va tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan irrigator-suvchi ayollar qatnashdi.

Ishtirokchilarga mintaqadagi suv resurslarini samarali boshqarishda ayollar ishtirokini oshirish va ularning rahbarlik lavozimiga tayinlanishini qo‘llab-quvvatlash, sohada mehnat qilayotgan xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularga o‘z biznesini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

 

Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati

 

156

Oxirgi yangilanish: 2025-03-26 16:53:33

SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA ERKAK VA AYOLLAR HUQUQI TENG