EKILGAN HAR BIR TUP KO‘CHAT E’TIBORDA BO‘LADI
2025-03-25 10:25:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati suv xo‘jaligi tizimidagi mehnat jamoalarida bahorgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.

Voha suvchilari kanallar va kollektorlar bo‘ylari, boshqa suv yo‘llarining muhofaza hududlari, o‘zlariga tegishli bino va inshootlar atroflariga bir kunda o‘rtacha 20–25 ming tup mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos, suvsizlikka chidamli turli mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatini o‘tqazishmoqda. Bugungi kungacha ekilgan ko‘chatlarning umumiy soni 455 ming tupdan oshib ketdi.
Shu bilan birga, ekilgan ko‘chatlarni oqlash, sug‘orish, ularga shakl berish ishlariga ham e’tibor qaratilayapti.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati


