PORAXO‘RLIK – JAMIYAT TANASIDAGI «SARATON»
2025-03-19 16:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda Surxondaryo viloyati prokuraturasi mas’ul xodimlari – F.Qurbonov, T.Qoraqulov, B.G‘afforovlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunining mazmun-mohiyati hamda joriy yilning 5- mart kuni davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashining yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar xususida atroflicha to‘xtaldi.
Xusasan, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida korrupsion holatlarning oldini olish hamda poraxo‘rlikka qarshi tizimli kurashish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani ta’kidlandi. Poraxo‘rlikni yo‘qotishning birdan-bir chorasi bu – avvalo, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘lib, ayrim kishilarning ongida tuzalmas kasallikdek o‘rnashib qolgan illatni sodir etilishiga imkon beruvchi holatlarga murosasiz kurashish har bir vijdonli mutaxassisning fuqarolik burchi ekanligi hamda korrupsion holatlarni sodir etganlarga jazo muqarrarligi tushuntirildi.
Tadbirda korrupsion holatlarning oldini olish va keskin kurashishga doir samarali takliflar bildirildi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati