E’lon
2025-03-19 09:35:00 / Majlislar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-fevraldagi PQ-141-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-sonli hamda 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarorlariga asosan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining bo‘sh suv havzalari uchastkalari tanlov asosida ijaraga berilishi ma’lum qilinadi.
Tanlov tashkilotchisi: “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ.
Manzili: Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, G‘oliblar shaharchasi.
Telefonlar: 94 347-62-27, 99 771-57-55, 93 295-99-90.
Elektron pochta: aydarkol@umail.uz
Tanlov predmeti: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv havzasidagi 207,9 ming gektar bo‘lgan jami 103 ta lotni baliq ovlash xo‘jatlariga sanoat baliq ovlashni amalga oshirish uchun 10 (o‘n) yil muddatga ochiq tanlov asosida ijaraga berish.
Talabgorlar tanlov haqidagi batafsil ma’lumotlarni “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ” MChJdan olishlari mumkin.
Talabgorlardan arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning uchdan bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Ushbu mablag‘lar jamiyatning bank hisob raqamiga tushiriladi va tanlovni tayyorlash hamda o‘tkazish uchun ishlatiladi. Buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlar qaytarilmaydi.
Bundan tashqari, talabgordan suv havzasi uchastkasi uchun belgilangan yillik ijara haqqining 30 foizi miqdorida to‘lov (garov puli) undiriladi. Ushbu mablag‘lar jamiyatning bank xisob raqamiga o‘tkaziladi va tanlov g‘olibining dastlabki to‘lovi sifatida hisob-kitob qilinadi. Tanlovda g‘olib bo‘la olmagan talabgorning ushbu to‘lovi qaytariladi.
“Trast bank” XAB Jizzax viloyati filiali. H/r.: 2021 0000 9007 4754 5001; MFO: 00491; STIR: 304 741 887.
“Aydar-Arnasoy ko‘llara tizimi” MChJ.
To‘lov maqsadi: “Tanlovda ishtirok etish uchun to‘lov”.
Tanlovda qatnashishi uchun talabgor yoki uning vakili shaxsan yoxud pochta orqali buyurtma xat bilan, arizani ikki nusxada, ko‘rib chiqish uchun to‘lovning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov cheki bilan birga 2 ta muhrlangan konvertda (ASLI va NUSXASI) quyidagi hujjatlarni “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJga taqdim etishi lozim:
1. Ko‘rib chiqish uchun to‘lovning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov cheklari (BHMning uchdan bir baravari miqdorida to‘langanligini tasdiqlovchi).
2. Korxona guvohnomasi va ustavi (nizom) nusxasi.
3. Korxona rahbari pasport nusxasi, rahbarlikka tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq, korxonada mavjud ishchi-xodimlar ro‘yxati (pasport nusxalari ilova qilingan holda).
4. Baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja:
4.1 Biznes-rejada quyidagi asosiy qoidalar aks ettirilishi lozim:
- bir yilda o‘rtacha ovlanishi kutilayotgan miqdor;
- iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblari haqidagi ma’lumotlar;
- kiritilishi kutilayotgan investitsiya miqdori va sohasi;
- baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha biznes-rejaning moliyalashtirish manbalari (talabgorning o‘z mablag‘lari hisobiga, kreditlar va h.k.) bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar;
- tashkil etiladigan ish o‘rinlar soni;
- xodimlar shtatining tajribali baliqchilar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlar bilan to‘ldirilganligi.
5. Korxona balansidagi yoki aynan korxona rahbari nomidagi baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy-texnika vositalari (rusumi ko‘rsatilgan qayiqlar va motorli qayiqlar, avtotransport vositalari, ovlash qurollari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovitish uskunalar va h.k.)ning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.
6. Talabgor korxonaning umumiy va baliqchilik sohasidagi faoliyat davriga oid ma’lumot. Xususan, baliqchilik sohasidagi muqaddam faoliyat olib borgan va bugungi kunda jamiyat uning huquqiy vorisi hisoblangan “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK bilan shartnoma asosida ish olib borganligi, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajargan-bajarmaganligi, ijara shartnoma bo‘yicha qarzdorligi mavjudligi.
7. Korxona balansi (o‘tgan yil yakuni yoki joriy yil yakunlangan choragi bo‘yicha), ya’ni o‘z mablag‘lari va moliyaviy holatlari to‘g‘risida ma’lumot.
8. Talabgorning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlari kompleksi.
Talabgordan yuqorida ko‘zda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun qiziqish bildirgan yuridik shaxslar jamiyatdan quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni olishlari mumkin:
1. Tanlovda qatnashish shartlari, talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan hujjat va ma’lumotlar ro‘yxati.
2. Tanlovga qo‘yilgan suv havzasi uchastkalariga oid ma’lumotlar:
- suv havzasi uchastkasi (konturi)ning raqami;
- joylashgan koordinatlari;
- maydoni;
- xarita-sxemasi;
- baliq mahsuldorligi;
- yillik ijara haqi miqdori.
3. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga baliq yetishtirish va ovlash uchun ijraga berish shartnoma loyihasi bilan jamiyatda tanishishlari mumkin.
Talabgorlarning tanlov takliflari joylashgan konvertlar 2025-yil 14–15 aprel kunlari soat 10:00 da Jizzax shahri, Beshquvur ko‘chasi, 56-uyda joylashgan Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma’muriy binosida ochiladi.
Tanlovga oid hujjatlar 2025-yil 11-aprel kuni soat 18:00 ga qadar jamiyat ma’muriy binosida qabul qilinadi.
