SUV RESURSLARI HISOB-KITOBIDA ANIQLIKNI TA’MINLASH – ASOSIY MEZON
2025-03-12 12:25:00 / Yangiliklar

Shundan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi “Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi 174-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda suvdan foydalanish va iste’mol qilish tartibini belgilash, har bir suv olish joylarini suvni hisobga olish vositalari bilan jixozlash, suv olish joylarini suvning kundalik hisob jurnallari bilan ta’minlash, olingan va yetkazib berilgan suvlar uchun ikki tomonlama dalolatnomalar rasmiylashtirish hamda suv hisobi va hisobotini olib borish bo‘yicha bir qator ko‘rsatma va topshiriqlar belgilab berilgan.
Qarorga muvofiq joriy yilning 2 oyi davomida suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari hisobidagi irrigatsiya tarmoqlarida joylashgan 6175 ta gidropostlarda joriy va kapital ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. 4615 ta gidropostlarning pasportlari, 1950 ta gidropostlarning metrologik xujjatlari namunaviy shaklda rasmiylashtirildi.
Gidrometr xodimlar tomonidan belgilangan rejaga asosan 1,9 mln marta nazorat-kuzatuv va 48,4 ming marta nazorat-o‘lchov ishlari amalga oshirilib, belgilangan tartibda gidropostlarning suv sarfi jadvallariga tuzatishlar kiritib borildi.
Mazkur davr mobaynida suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari tomonidan 64 ta suv o‘lchash vositalari tarirovka va qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazildi hamda 16 ta gidrometrik shtanga va 254 ta suv o‘lchash reykalari xarid qilindi.
Suv xo‘jaligi tizim tashkilotlarida jami 1543 nafar gidrometr xodimlar faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lib, shundan 293 nafari muhandis-gidrometrlar, 1246 nafari texnik-gidrometrlar hisoblanadi.
Muhandis-gidrometrlarning barchasi oliy ma’lumotli mutaxassislar bo‘lib, bundan tashqari texnik-gidrometr lavozimlariga 632 nafari oliy hamda 633 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislar ishga qabul qilingan.
2024-2025-yillar davomida gidrometr lavozimlariga 270 nafar oliy ma’lumotli mutaxassislar ishga qabul qilinib, oliy ma’lumotli gidrometrlar soni 664 nafardan 934 nafarga yetkazildi.
O‘z navbatida, joriy yil 1-choragi yakuniga qadar yana 3018 ta gidropostlarni ta’mirlash, 2512 ta gidropostlarni attestatsiyadan o‘tkazish, 6 ta suv o‘lchash qurilmasini tarirovka ko‘rigidan o‘tkazish va 691 ta reykalar xarid qilish rejalashtirilgan.
Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati




