«SUVCHILAR MAKTABI» TINGLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV
2025-02-12 16:55:00 / Yangiliklar
Termiz tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan «Suvchilar maktabi»ning galdagi mashg‘ulotlarida Qumqo‘rg‘on va Termiz tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etayapti.
Tinglovchilarga soha olimlari va tajribali mutaxassislar tomonidan dehqonchilik madaniyatini oshirish, suv va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejamkor texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari hamda hosildorlikni oshirish omillari to‘g‘risida batafsil tushuncha va tavsiyalar berilayapti.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev «Suvchilar maktabi»dagi navbatdag mashg‘ulotda ishtirok etib, suv resurslarida oqilona foydalanishga erishish muhim ahamiyatga ega ekanligini, bu borada iste’molchilar o‘rtasida suvni adolatli taqsimlash, uning hisobini to‘g‘ri yuritish, ularga “suv – tekin emas” g‘oyasini singdirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati
