“SUV XO‘JALIGI VAZIRI STIPENDIYASI” GUVOHNOMASI TOPSHIRILDI
2025-01-31 17:20:00 / Yangiliklar

Murojaat ijobiy yechim topib, iqtidorli talabalarni moddiy rag‘batlantirish, sohaga qiziqtirish, ularni yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida “Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi” joriy etildi.
2025-yilda ushbu stipendiyaga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va uning filiallaridan 8 nafar talaba munosib ko‘rildi. Ulardan poytaxtdagi fakultetlarda ta’lim olayotgan 4 nafariga bugun bo‘lib o‘tgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvida stipendiya guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
Stipendiya sovrindorlari:
Gidromelioratsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Uralova Madina G‘anisherovna;
Gidrotexnika qurilishi fakulteti Irrigatsiya tizimlarida gidrotexnika ob’ektlari yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Karimova Dilorom Azim qizi;
Gidromelioratsiya fakulteti Suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Ismoilov Shuxratbek Ilxomjon o‘g‘li;
Gidromelioratsiya fakulteti Meliorativ gidrogeologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Shamsiyeva Maftuna Oybek qizi.
Uchrashuvda shunday iqtidorli talabalarni tarbiyalab, ta’lim berayotgan ustozlarga tashakkur bildirildi.
Axborot xizmati


