“SUVCHILAR MAKTABI"NING 2025-YILGA MO‘LJALLANGAN O‘QUV KURSLARI BOSHLANDI
2025-01-30 14:55:00 / Yangiliklar
Suvchilar maktabida fermerlar, suv iste’molchilari suv resurslaridan foydalanish tartibi, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, hududlarning tuproq sharoiti, sug‘orish muddatlari va meyorlari haqidagi bilimlarni egallashmoqda.

Bugundan bu yilgi o‘quv kurslari boshlandi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R.Qarshiyev, “Agrobank” ATBning Suv va ijtimoiy loyihalar markazi direktori M.Hayitboyev ishtirok etdi.
O‘quv kursida davomida zamonaviy suv tejamkor texnologiyalarning afzalliklari, “suv – tekin” emasligini ilmiy jihatdan asoslab berish va iste’molchilar o‘rtasida targ‘ib etish muhimligi ta’kidlandi.
Axborot xizmati




